Martify imkoniyatlari
Savdo uchun hammasi bitta tizimda: sayt, Telegram, kassa, ombor, xaridorlar bilan yozishma va hisobotlar.
Kassa va ombor
Doʻkonda ham, onlayn ham bir xil qoldiqlar bilan soting. Kassa telefon, planshet yoki kompyuter brauzerida ishlaydi — hatto internetsiz ham.
Batafsil →Telegramdagi doʻkon
Xaridorlar Telegramdan chiqmasdan katalogni koʻradi, mahsulotni savatga soladi va buyurtma beradi. Buyurtma admin panelga va botga xabar boʻlib keladi.
Batafsil →Instagram va Telegram uchun CRM
Instagram Direct, Facebook Messenger va Telegram xabarlari Martify admin paneliga keladi. Telefondan javob bering va birorta ham murojaatni yoʻqotmang.
Batafsil →Payme va Click orqali toʻlov
Xaridor buyurtmani toʻgʻridan-toʻgʻri saytda Uzcard yoki Humo kartasi bilan toʻlaydi. Pul toʻlov tizimi bilan tuzgan shartnomangiz boʻyicha hisobingizga tushadi — Martify ustiga komissiya olmaydi.
Batafsil →Yetkazib berish
Tumanlar va viloyatlar boʻyicha narxlarni, maʼlum summadan bepul yetkazishni va olib ketishni sozlang. Xaridor xaritada nuqtani belgilaydi — kuryer aniq manzilga boradi.
Batafsil →Hisob va hisobotlar
Martify har bir buyurtma boʻyicha foydani hisoblaydi va qaysi mahsulotlar pul keltirayotganini, qaysilari omborda turib qolganini va qayerda yoʻqotayotganingizni koʻrsatadi.
Batafsil →Targʻibot
Martify Google va Yandexga har bir mahsulot haqida oʻzi xabar beradi, ichki vositalar esa xaridorlarni qaytarishga va koʻproq sotishga yordam beradi.
Batafsil →Oʻz doʻkoningizni ochishga tayyormisiz?
14 kun bepul, keyin oyiga 15 000 soʻmdan. Birinchi mahsulotlar — bugunoq.